Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarori ijrosiga bag‘ishlandi
17:01 / 2021-06-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi «Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida respublikamizda konteyner tashuvlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov, tashuvchilar, yirik eksportyorlar va shaxsiy konteyner parkini boshqaruvchi kompaniyalar vakillari ishtirok etgan muloqotda xalqaro yuk tashuvlari sohasida konteyner tashuvlarining ulushini oshirish yuzasidan kompaniyalarning takliflari, shuningdek, faoliyat davomida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

«Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorda belgilangan vazifalar ijrosiga alohida ahamiyat qaratildi. Qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi, uning tag zamirida inson omili turgani haqida gap bordi. Respublikamizda konteyner tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tinglandi.

 

D.Mamatova, O‘zA