Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarori ijroda: Romitanda universal skrining yo‘lga qo‘yildi
15:34 / 2023-08-07

Buxoro viloyati Romitan tumani tibbiyot birlashmasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatining universal skriningi yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentimizning 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi farmonida reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, perinatal markazlarni zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlash, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash vazifasi belgilangan.  

So‘nggi besh yilda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni tizimli ravishda muhofaza qilish imkonini yaratdi. Natijada onalar va go‘daklar o‘limi kamaydi. Shu bilan birga olis hududlarda tibbiy yordamni maqsadli yo‘naltirish tizimini yuqori darajada tashkil etish, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat samaradorligini oshirish, ambulator yordamni yanada yaxshilash, shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordamni rivojlantirish, tibbiy genetika hamda zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish talab etilmoqda.  

Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash davlatimizning ustuvor vazifalaridan biriga aylandi.  

– Prezidentimizning “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra, Romitan tumani tibbiyot birlashmasida Audiologik skrining asosida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tekshiruvdan o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi, – deydi tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Jamshid Tohirov. – Viloyatda o‘tkazilgan seminarda ishtirok etib qaytgan tajribali mutaxassislar tomonidan ushbu amaliyot olib borildi. Natijada chaqaloqlar eshitish qobiliyatidagi nuqsonlarni diagnostika qilish borasidagi professional bilim va ko‘nikmalarini namoyon qilmoqda.  

Zarif Komilov, O‘zA