Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Hujjatda dala chetlarida ishlarni to‘g‘ri va sifatli tashkil qilish, yer egalariga ekishdan boshlab mahsulotni realizatsiya qilishgacha bo‘lgan davrda amaliy yordam berish uchun 2023 yilda har bir tumanga 4 nafargacha, jami 672 nafargacha mavsumiy agronomlarni ishga qabul qilinishi qayd etildi.
Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tizimidagi shtat birliklari doirasida qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini joriy qilishga mas’ul bo‘lgan direktor o‘rinbosari shtati joriy qilinadi.
Mavsumiy agronomlarning 2023 yildagi ish haqlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar olingan byudjet ssudasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga berilgan kreditlar foiz stavkasi o‘rtasidagi tafovut natijasida Agentlik ixtiyorida qoladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
O‘zA