Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarori amalda:24 nafar sirdaryolik yoshlar uyli bo‘ldi
15:05 / 2022-12-31

Prezidentimizning 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan viloyatda o‘tgan yili “Bolalar shaharchasi”da tarbiyalangan 39 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar bepul uy-joylar bilan ta’minlandi.

Respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan  2022 yil Boyovut va Sirdaryo tumanlarida 1 tadan, Mirzaobod va Xovos tumanlarida 3 tadan, Guliston, Sardoba, Sayxunobod tumanlari hamda Shirin, Yangiyer shaharlarida 2 tadan, Guliston shahrida 6 ta jami 24 ta uy-joylar xarid qilindi. “Sirdaryo yoshlar forumi –2022” tadbiri doirasida Prezident sovg‘asi — mazkur uylarning kalitlari o‘z egalariga topshirildi.

– Davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘zlab olib borayotgan bu kabi ezgu ishlarida inson qadri, uni ulug‘lash, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ham o‘z uyi bo‘lishi, ular ham jamiyatda o‘z o‘rnini topishi lozimligi, bir so‘z bilan aytganda bu qutlug‘ zaminda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi, degan ezgu g‘oya mujassam,– dedi viloyat hokimi. — Har biringizni bugun Vatan ichra kichik vatanli bo‘lganingiz bilan samimiy tabriklayman.

Shuhrat Suyarov, O‘zA