Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarori amalda: Romitanda neylon matoli qo‘lqop ishlab chiqarildi
16:18 / 2023-08-04

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi yordamida Buxoro viloyati Romitan innovatsion hududida “Revmo Gloves” MCHJ tomonidan “Artrit bilan kasallangan bemorlarni ultratovush orqali davolash uchun neylon matoli qo‘lqop ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirildi.

Yiliga 3 ming juft qo‘lqop ishlab chiqarish quvvatiga ega loyiha doirasida olti kishi ishli bo‘ldi.  

“Fizioterapevtik revmo-qo‘lqop” loyihasi revmatologiya sohasida qo‘l – panja bo‘g‘imida og‘riqlar bilan kechuvchi revmatoidli artrit, osteoartrit va kichik tomirlar spazmi bilan kechuvchi reymo kasalliklari uchun mo‘ljallangan. Bo‘g‘imlarni isituvchi, yallig‘lanishga qarshi, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi, shishlarni kamaytiruvchi, og‘riq qoldiruvchi innovatsion ishlanma bo‘lib hisoblanadi. Qo‘lqop uchun tanlangan mato neylon issiqlikni saqlovchi elastik xususiyatga ega. Proksimal va panja bo‘g‘imlariga mos ravishda ultratovush elektrodlar joylashtiriladi. Natijada ultratovush tebranish ta’siri orqali qon aylanishini yaxshilovchi, shish, qizarish, og‘riq kabi patologik jarayonlarni davolashga va ularni oldini olishga qaratilgan.  

Ma’lumot uchun, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshirildi.  

Zarif Komilov, O‘zA