French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarori amalda: qayta tiklanuvchi energiya qulay va tejamkor
14:20 / 2023-07-11

Buxoro viloyati Vobkent tumanida ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalari, iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali hududlarda energiya taqchilligini bartaraf etishda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunda tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlari va davlat idoralarida quvvati 0,8 MVt quvvatga teng bo‘lgan 79 ob’ektga kichik quvvatli quyosh panellari hamda 3,8 ming litr hajmli geliokollektorni o‘rnatish ishlari boshlangan. Bugunga kelib hududda ijtimoiy soha ob’ektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish rejasiga muvofiq amalda, shu yil 1 iyul holatida 69 ijtimoiy soha ob’ekti va davlat idorasida 0,401 MVt kichik quvvatli quyosh paneli hamda 6,35 ming litr hajmdagi geliokollektorlar o‘rnatildi.  

Prezidentimizning joriy yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan 65 tadbirkorlik sub’ektiga 1,3 MVt quvvatli quyosh panelini o‘rnatish hamda mahalliy tadbirkorlar hisobidan 1 ta 4 MVt quvvatli kichik FES ni qurish maqsad qilingan. Shu bois bugunga kelib hududda 17 tadbirkorlik sub’ektiga 0,079 MVt kichik quvvatli quyosh panellari o‘rnatildi.

Shuningdek, joriy yil tumanda 87 aholi xonadoniga 0,5 MVt kichik quvvatli quyosh paneli hamda 0,7 ming litr hajmli geliokollektor o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bu loyiha asosida ayni kunda 64 aholi xonadonida 0,101 MVt quvvatga teng quyosh paneli va 2,5 ming litr hajmdagi geliokollektor o‘rnatildi.

Tumanda yangidan barpo qilinayotgan 2 ko‘p qavatli uyda 0,040 MVt quvvatli quyosh panelini o‘rnatish belgilangan bo‘lib, hozirda bu turar joylarda ham qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyihaga binoan bu turar joylarda jami ellikdan ziyod xonadon muqobil energiya manbasidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Joriy yil 22 ijtimoiy soha ob’ekti muqobil energiya manbai bilan ta’minlanayotgan bo‘lsa, shundan, 4 maktabgacha ta’lim, 15 xalq ta’limi va 3 sog‘liqni saqlash inshootining lokal isitish tizimlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish belgilangan. Tumandagi “Bahor Garden” va “Oydinko‘l zamini” fermer xo‘jaligi negizidagi issiqxonalar ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazilmoqda. Yoki hozirda hududdagi 7 yoqilg‘i quyish shoxobchasida 31 MVt quvvatli quyosh panelini o‘rnatish jarayoni bormoqda. Umuman, yil yakuniga qadar, tumanda o‘nlab manzilda muqobil energiya manbalari o‘rnatilib, aholi va mehnat jamoalarining bu boradagi talab va ehtiyojini qondirish maqsad qilingan.

Zarif Komilov, O‘zA