Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarori amalda: Namanganda quyosh panellari keng joriy etilmoqda
09:48 / 2023-08-06

Mamlakatimizda energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, quyosh panellari hamda quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish tejamkor va asosiysi yaxshi samara bermoqda. Bunda Prezidentimizning shu yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori alohida o‘ringa ega.

Namanganda mazkur qaror ijrosi doirasida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, uning hududiy bo‘limlari ma’muriy binolariga muqobil energiya manbalari tatbiq etilmoqda. Shu kunga qadar boshqarma binosiga 40 kVt quvvatdagi quyosh paneli hamda 200 litrlik suv isitish uskunasi o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.

– Quyosh panellari va suv isitish qurilmalaridan foydalanilganda elektr va issiqlik energiyasi tekinga olinadi, – deydi MIB Namangan viloyati boshqarmasi mas’ul xodimi Bobomurod Xoliqov. – Eng muhimi, quyosh panellari va suv isitish qurilmalari o‘rnatilgan paytdan boshlab har oyda iste’mol qilinayotgan elektr energiyasini tejash imkoni yaratildi. Bunday qurilma binoning tom qismida o‘rnatilgani uchun ishlash jarayonida hech qanday shovqin bo‘lmaydi.

Darhaqiqat, birgina, Byuro viloyat boshqarmasining ma’muriy binosiga quyosh paneli o‘rnatilgandan avval oyiga 8 280 kVt elektr energiyasi iste’mol qilinar edi. Hozirda esa kunlik iste’molning 3/2 qismi, ya’ni 230-250 kVt miqdoridagi elektr energiyasi aynan quyosh paneli orqali ishlab chiqarilmoqda. Bu esa o‘rtacha oyiga 5 ming 520 kVt miqdorida elektr energiyasi deganidir. Asosiysi, oyiga 4,4 million so‘m miqdorida elektr energiyasi iste’moli uchun mablag‘ iqtisod qilinmoqda.

Quyosh panellari o‘rnatish Majburiy ijro byurosining shahar va tuman bo‘limlari ma’muriy binolariga o‘rnatish izchil davom etmoqda.

Oqilxon Dadaboyev,  

O‘zA