Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarori amalda: muammolarga yechim topilmoqda
14:03 / 2023-07-22

Mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitini tubdan yaxshilash, turmush darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Namangan viloyatida soliq idoralari mas’ul sifatida biriktirilgan to‘rtinchi sektor tomonidan davlatimiz rahbarining mazkur qarori ijrosini ta’minlash bilan bir qatorda, tadbirkorlik sub’ektlarini ko‘paytirish orqali aholining ishsiz qatlamiga ish o‘rinlari yaratish hamda bandligini ta’minlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, odamlarni hayotdan rozi qilish, inson qadrini ulug‘lashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, sektorlar hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Temir daftar” ga ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan 8 ming 511 oila va ularda yashovchi 38 ming 411 fuqaro kiritildi. Qolaversa, mahallalarda hokim yordamchilari bilan birgalikda “Mahallabay” ishlash tizimi asosida xatlovlarni amalga oshirib, “Temir daftar” ga kiritish choralari ko‘rilmoqda. Ularga 11 ming 522 marotaba 11,2 milliard so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, mazkur daftardan 8 ming 392 ta oila ro‘yxatdan chiqarilib, qolgan 119 oila, ulardagi 416 nafar a’zoning muammolarini hal etish, daromad manbaini oshirish orqali kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Norin tumanida Gulchehra Jalilova ikki nafar ikkinchi guruh nogironligi bor opa-ukasi bilan birga yashaydi. Ularni yolg‘iz qoldirish imkoni yo‘qligi sababli hozircha biror tashkilotga borib ishlay olmaydi. Shuning uchun ham tikuv mashinasi so‘rab tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga murojaat qilgan. Mazkur murojaat viloyat davlat soliq boshqarmasi va tuman hokimligi tomonidan joyida o‘rganilib, e’tiborga muhtoj oila vakiliga zamonaviy tikuv mashinasi topshirildi.

“Ayollar daftari” ning to‘rtinchi bosqichi bo‘yicha 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 139 ming 630 xotin-qiz so‘rovnoma asosida xatlovdan o‘tkazilib, ularning 18 ming 282 nafari ushbu daftarga kiritildi hamda shundan 13 ming 388 nafariga amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi.

Masalan, Namangan shahridagi Majnuntol mahallasida istiqomat qiluvchi Dilnoza Abdulhamidova tikuvchilikka ixtisoslashgan kooperativni foydalanishga topshirdi. Ushbu ayolga mahallada bo‘sh turgan bino ijaraga olib berilishi va kredit asosida 8 ta tikuv mashinasi bilan ta’minlanishi natijasida “Ayollar daftari”da turuvchi sakkiz nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

– Yoshlar bilan ishlash masalasi to‘rtinchi sektor faoliyatida alohida ustuvorlik kasb etadi. Bunda asossiy urg‘u “Yoshlar daftari”ni shakllantirishga qaratilgan, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Alisher Boyxonov. – Ayni shu maqsadda joriy yilning o‘tgan davrida yoshlar so‘rovnoma asosida xatlovdan o‘tkazilib, mazkur ro‘yxatga 3 ming 899 nafar yosh kiritildi. Bugungi kunda yoshlar tomonidan bildirilgan muammolarni hal etish bo‘yicha muntazam ravishda amaliy ishlar olib borilishi natijasida 1 nafar 998 yoshga mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga yaqindan ko‘maklashilib, ular daftardan chiqarildi.

Yana bir o‘ziga xos tashabbuslardan biri, shahar va tumanlardagi 14 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 14 ta ko‘cha uzum yetishtirish uchun tanlab olindi hamda xonadonlarga 2 ming 905 ta ko‘chat ekildi. Bu bilan tegishli mahallalarda yashab kelayotgan ishsiz bo‘lgan 658 kishining bandligi ta’minlandi.  

 

Oqilxon Dadaboyev,

O‘zA muxbiri.