English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarori amalda: Milliy bank ko‘magida quyosh panellari o‘rnatilmoqda
17:31 / 2023-05-25

Ekologik xavfsiz va tejamkor. Bu jihatlarning barchasi muqobil energiya vositalariga tegishli. Muqobil energiya manbalari bu gidroenergetika, shamol, quyosh energiyasi, geotermal energiya, biomassa va suv oqimi energiyasidan foylanish orqali olinadigan qayta tiklanuvchi energiyadir. Neft, tabiiy gaz, ko‘mir va uran rudasi kabi qazib olinadigan yoqilg‘idan farqli o‘laroq, bu energiya manbalari tugamaydi.

Serquyosh o‘lkamiz O‘zbekiston – “yashil energetika” ni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega hudud sanaladi. Shu bois ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori  bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirdi.  

Mazkur hujjatga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida ijtimoiy soha ob’ektlari, tadbirkorlik sub’ektlari, aholi xonadonlari va yangidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joylarda quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilmoqda. Xususan, joriy yil yakuniga qadar 682 ta ijtimoiy soha ob’ektlari va davlat idoralari binolarida, 1405 ta tadbirkorlarning bino va inshootlarida, 3  ming 791 ta aholi xonadonlarida, 41 ta yangidan foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli turar-joylarda quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Jumladan, joriy yilning mart oyida “O‘zmilliybank” AJ Surxondaryo viloyati va tuman filiallari binolari tom qismiga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o‘rnatildi.  

– Bankimiz filiali tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va aholi uchun yashil energiya mahsulotlari bo‘yicha yangi kredit liniyasi joriy etildi, – deydi “O‘zmilliybank” AJ Surxondaryo viloyati filiali menejeri Shokir Esanov. – Bank mijozlari uchun 20 foiz stavkani tashkil etgan ushbu imtiyozli kredit 5 yil muddatga beriladi. Ta’kidlash kerak, ayni paytga qadar mazkur yo‘nalishga 1 milliard so‘mdan ziyod kredit mablag‘i yo‘naltirildi. Jumladan, o‘zimizning bank filialida ham 150 kVtlik quyosh panellari o‘rnatilib, aholiga uzluksiz sifatli xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.  

Davlatimiz rahbarining mazkur qarorida belgilangan muhim jihatlardan yana biri  bu joriy yilning 1 aprelidan boshlab respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturining amalga oshirilayotganidir. 2023 yilda 37 ming aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Xususan, Surxondaryo viloyatida “Quyoshli xonadon” dasturi asosida filial mijozlari bo‘lgan 54 ta tadbirkorlik sub’ektlari va 68 ta aholi xonadonlariga quvvati 1 065 kVt soat bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o‘rnatildi.  

– O‘tgan yilgi qish aholi uchun kutilmagan mavsum bo‘ldi,  – deydi shu hududda yashovchi Suxrob Muzaffarov. – Elektr energiya ta’minotidagi uzilishlar aholini qiynab qo‘ydi. Shu bois biz, istiqomat qilayotgan ko‘p qavatli uyning tom qismiga quyosh panellari tadbirkorlar tomonidan o‘rnatib berildi. Endi biz, har qanday mavsumga tayyormiz.  

Surxondaryo viloyatida yillik elektr energiyasiga bo‘lgan talab 3 977 mln kVt ni, ishlab chiqarilgan energiyaga nisbatan yillik defitsit 250 mln kVt ni tashkil etmoqda. Ana shu yetishmovchilikning oldini olish maqsadida vohada aholi xonadonlari, yangidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari, tadbirkorlik sub’ektlarida quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Termiz shahridagi “Amu-Dar tekstil” MCHJda 100 kVtli quyosh panellari o‘rnatilgan. Surxondaryoning quyoshli ob-havosida o‘rnatilgan quyosh panellaridan belgilangan me’yordan ko‘ra ko‘proq elektr energiya olinishiga erishilmoqda.  

– 900 kvadrat metr hududda o‘rnatilgan quyosh panellarimiz orqali fabrikamizning doimiy sarflanadigan 590 kVt energiyasi o‘rniga ayni paytda 180 kVt energiya ishlatyapmiz, – deydi “Amu-Dar” MCHJ bosh energetigi Ne’matilla Mirzayev. – Bu ham imkoniyatimizni, ham xarajatlarimizni tejashga yordam beryapti.  

Surxondaryo viloyatida “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida  50 dan ortiq avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalariga quyosh panellari o‘rnatilib, samarali foydalanilmoqda. Xususan, quyosh elektr panellari  “Golden Servis Plyus” MCHJ binosi tom qismiga o‘rnatilgan.  

– Bugun muqobil energiyadan foydalanish zamon talabiga aylandi, – deydi “Golden Servis Plyus” MCHJ rahbari Ishoq Mallayev. – Tadbirkor uchun zamon bilan hamnafas bo‘lish muhim sanaladi. Biz, bu borada ishonchimizga aylangan Milliy bankning taklifini hech ikkilanmay qabul qildik va soatiga 5 kVtlik energiya yetkazib beradigan quyosh panellarini shaxobchamizga o‘rnatdik.  

“O‘zmilliybank” AJ Surxondaryo viloyati filiali xodimlari tomonidan quyosh panellari o‘rnatish istagini bildirgan jismoniy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mavjud muammo va kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.  

“O‘zmilliybank” AJ  

Matbuot xizmati  

Reklama huquqi asosida