Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarori amalda: Kogonda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish kengaymoqda
13:58 / 2023-08-11

Ma’lumki, dunyo bo‘ylab energiya resurslariga bo‘lgan talab kun sayin oshmoqda. Bunday vaziyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish lozim. Bu borada davlatimiz rahbarining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra har bir hududda ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish bo‘yicha dastur va chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Kogon tumanida ham ishlar jadal davom etmoqda. Xususan, tumanda joylashgan ijtimoiy soha ob’ektlari, tadbirkorlik sub’ektlari, aholi xonadonlari va yangidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joylarda quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.  

Jumladan, 54 ta ijtimoiy soha ob’ektlarida 400 kVt, 30 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlarida 160 kVt, aholi xonadonlarida 210 kVt va ko‘p qavatli uylarda 11 kVt quyosh panellari o‘rnatildi.  

Zarif Komilov,

O‘zA