Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident paxta-to‘qimachilik klasterlariga berilayotgan imtiyozlarga to‘xtaldi
18:24 / 2021-10-27

Klasterlarga biriktirilgan 1 million gektar paxta maydonlarida:

- tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish;

- sug‘orishning yangi texnologiyalariga o‘tish;

- o‘simliklar himoyasi xizmatlari;

- zamonaviy laboratoriyalar barpo etish;

- fermerlarni o‘qitish kabi tadbirlar uchun har bir gektarga 1 million so‘mdan, jami byudjetdan 1 trillion so‘m moliyaviy grantlar ajratiladi.

Ikkinchidan, klasterlar tomonidan ip-kalavani chuqur qayta ishlashni kelgusi 2 yilda hozirgi 50 foizdan 70 foizga yetkaziladi.

Shuning uchun, klasterlarga paxta tolasini qayta ishlash darajasiga qarab moliyalashtirishning yangi mexanizmlari joriy etiladi.

Bunda, eng avvalo, matoni bo‘yash va aralash mato ishlab chiqaradigan uskunalar xaridi uchun korxona quvvatiga qarab davlat hisobidan moliyaviy grantlar ajratiladi. Ushbu maqsadlarda loyihalarni kreditlash uchun yana 150 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, bo‘yalgan mato va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksportini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan stavkasi 4-5 foizdan oshmagan 100 million dollarlik yangi kredit liniyasi ochiladi.

Ip-kalavadan tashqari, bo‘yalgan mato va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda ularning kamida 80 foizini eksport qiluvchi klaster va boshqa to‘qimachilik korxonalariga 3 yil muddatga ijtimoiy soliq stavkasi amaldagi 12 foiz o‘rniga 1 foiz qilib belgilanadi.

Shuningdek, ularga mol-mulk solig‘ini 3 yilga kechiktirib to‘lash imkoniyati ham beriladi. Buning hisobiga korxonalar ixtiyorida yiliga kamida 500 milliard so‘m mablag‘ qoladi.

O‘zA