Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident o‘nta tuman va ikki shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi
16:32 / 2023-07-11

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda yil boshida reja qilingan xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish vazifalari ijrosi ko‘rib chiqildi.

Bu yilgi investitsiya va hududiy dasturlar doirasida jami 20 milliard dollar xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha katta marralar belgilangan edi.

Bu boradagi ijobiy tajriba sifatida o‘tgan olti oyda Andijon shahri, Buloqboshi, Romitan, G‘allaorol, Forish, Karmana, Davlatobod, Chust, Kattaqo‘rg‘on, Sirdaryo tumanlarining har biri 50 million dollardan ko‘p to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya olib kelingani qayd etildi.

Natijada ushbu tumanlarda jami 50 mingta yangi ish o‘rinlari, qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum paydo bo‘ldi.

Lekin Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlarida bu ko‘rsatkichlar pastligi, investitsiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilindi.

Prezident ushbu tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ushbu hokimlar faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.

O‘zA