Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident: Oliy taʼlimda davlat granti boʻyicha oʻqitish koʻpaytiriladi
19:55 / 2020-01-20

Oliy Majlis Senatining birinchi yigʻilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim tizimi haqida toʻxtalib oʻtdi.


Oliy Majlis Senatining birinchi yigʻilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim tizimi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Mamlakatning taraqqiyoti va ertangi kuni bevosita kadrlarga bogʻliqdir. Shu maqsadda oliy maʼlumotli kadrlarni koʻpaytirish maqsadida yangi oliy oʻquv yurtlari, xalqaro taʼlim muassasalari filiallari ochildi.

Oliy taʼlim sifatini yaxshilashga qaratilgan zarur huquqiy baza yaratildi. Lekin ularning ijrosini taʼminlash talab darajasida emas.

Samarqand davlat universiteti rektori, senator R.Xolmurodov ham bu fikrni tasdiqladi.

Davlatimiz rahbari kadrlarga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash maqsadida oliy taʼlimda davlat granti asosida oʻqitish kengaytiriladi, deb qayd etdi. — Biz yangi-yangi oliygohlar qurishimiz, ishga tushirishimiz mumkin, biroq ularda taʼlim beradigan malakali domlalar yetishmaydi. Asosiy muammo shunda.

Majlisda tizimdagi muammolar yechimiga eʼtibor qaratish, buning uchun tizimli ish olib borish boʻyicha qilinadigan ishlar boʻyicha koʻrsatmalar berildi.