Poytaxtimiz va Toshkent viloyatida “Prezident olimpiadasi” musobaqalarining final bosqichi davom etmoqda. Mazkur nufuzli sport tadbiri doirasida ayollar kurashi va og‘ir atletika bo‘yicha bir qator vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Jumladan, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan -64 kg. vazn toifasidagi bahslarda Sarvinoz Ko‘paysinova (Surxondaryo) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, vazni -67 kg. bo‘lgan Tohir Turobov (Surxondaryo), -71 kg. vaznda Durdona Nortojiyeva (Surxondaryo) shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

“Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilgan ayollar kurashi bellashuvlarida Gulsanam O‘ktamova (Jizzax), Muxlisa Sharipova (Xorazm), Shohista Shonazarova (Xorazm), Kamila Abatbayeva (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), Go‘zal Abdullayeva (Toshkent shahri), Munisa Mingyasharova (Navoiy), Laylo O‘razboyeva (Xorazm), Zarina Xonimqulova (Jizzax), Muhayyo Rahimjonova (Toshkent shahri) va Dilrabo Dulliyeva (Surxondaryo) oltin medal bilan taqdirlandi.


Bugun, 27 noyabr kuni yunon-rum, yengil atletika, boks va og‘ir atletika sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA