“Prezident Olimpiadasi”ning ilk g‘oliblari aniqlandi
“Prezident Olimpiadasi” sport musobaqasida og‘ir atletika yo‘nalishida -40 kg. vazn toifasida o‘tkazilgan bellashuvlarda dastlabki medallar o‘z egalariga topshirildi.
Shiddatli kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Navoiy viloyati vakilasi Gulchehra Doniyorova yangicha tizimdagi musobaqaning ilk g‘olibi sifatida e’tirof etildi. Ushbu vazn toifasida sovrinli o‘rinlar Namangan viloyati vakilasi Zebo Inomova va qashqadaryolik Muslima Nurullayevaga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlarga medallarni sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov hamda Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov topshirdi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA