“Prezident olimpiadasi”ga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi
Milliy olimpiya qo‘mitasida joriy yil mamlakatimizda o‘tkaziladigan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” va uning final bosqichi bo‘lgan “Prezident olimpiadasi” o‘yinlari va yaqin davrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik sport musobaqalariga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, mutaxassislari ishtirokidagi yig‘ilish davomida o‘yinlarning tashkiliy jihatlari, hududlardagi saralash bosqichlarini samarali o‘tkazish, sport turlari geografiyasini kengaytirish, mavjud infratuzilma va moddiy-texnik bazalarning holati, shuningdek, sportchilar uchun munosib sharoitlar yaratish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Musobaqalarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash, joriy yilgi kompleks musobaqalarda qatnashadigan terma jamoalar uchun barcha qulayliklarni yaratish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA