Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prezident olimpiadasi”da sportchilar dastlabki kun 4 ta sport turi bo‘yicha bahslashadi
10:08 / 2025-11-24

Poytaxtimiz va Toshkent viloyatida 15-17 yoshdagi sportchilar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” sport o‘yinlarining final bosqichi musobaqalari boshlandi.

Bugun, 24 noyabr kuni ushbu nufuzli musobaqalarning ilk kunida badiiy gimnastika, yengil atletika, boks va erkin kurash bahslari o‘tkaziladi. Shuningdek, suv sporti turlari bo‘yicha ko‘rgazmali dastur bellashuvlari ham tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Prezident olimpiadasi” musobaqalari Toshkentdagi “Olimpiya shaharchasi” sport inshootlari, Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar va o‘smirlar Olimpiya zaxiralari sport maktabi, Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘tkaziladi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA