Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prezident Olimpiadasi”da dastlabki kun natijalari qanday bo‘ldi?
09:39 / 2025-11-25

Toshkent shahri va viloyatida o‘tkazilayotgan “Prezident Olimpiadasi” musobaqalarining dastlabki kunida badiiy gimnastika, erkin kurash, og‘ir atletika bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi. Boks bo‘yicha saralash, suv sporti turlari bo‘yicha ko‘rgazmali dasturlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, erkin kurash bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarning –45 kg. vaznida Hamidbek Otanazarov (Xorazm), vazni –51 kg. bo‘lgan polvonlar orasida Jahongir To‘lqinov (Toshkent shahri), –60 kg.da Faxriddin Nasriddinov (Toshkent shahri), – 71 kg.da Farruxbek Jumanazarov (Toshkent shahri) va 92 kilogrammdan vazni og‘ir bo‘lganlar o‘rtasida Asadbek Erkinjonov (Namangan) oltin medalga sazovor bo‘ldi.  

Shuningdek, og‘ir atletikachilar o‘rtasida Gulchehra Doniyorova (Navoiy), Feruza Qadamboyeva (Xorazm), Munisa Odilova (Qashqadaryo), Bahodir Bekpo‘latov (Navoiy) o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Badiiy gimnastika bellashuvlarida xalqaro maydonda katta tajriba to‘plagan sportchi Nataliya Usova yuqori mahorat ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sevinch Mo‘minova hamda Yasmina Alimardonova esa kumush va bronza medali bilan taqdirlandi.

Bugun, 25 noyabr kuni boks, erkin kurash va og‘ir atletika sport turlari bo‘yicha bellashuvlar davom ettiriladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA