“Prezident olimpiadasi” bahslari qizg‘in pallada
FOTOREPORTAJ
Avval xabar berilganidek, poytaxtimizning Olimpiya shaharchasi hamda Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Prezident olimpiadasi” musobaqalari o‘tkazilmoqda.
[gallery-26414]
Bellashuvlarda 15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar sportning 10 ta olimpiya turi bo‘yicha bahs olib bormoqda.
Bugun Olimpiya shaharchasida erkin kurash va boks musobaqalari davom ettirildi. Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida esa og‘ir atletika bo‘yicha bahslar qizg‘in pallaga kirdi.
Ertaga boks, ayollar kurashi, og‘ir atletika bo‘yicha bellashuvlar davom ettiriladi.
“Prezident olimpiadasi” 5 dekabrga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA