Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prezident Olimpiadasi”: 3x3 basketbol bo‘yicha bahslar yakunlandi
17:15 / 2025-12-03

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da davom etayotgan “Prezident Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalarining 3x3 basketbol yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Jumladan, musobaqaning final bahsida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qizlar jamoasi ishonchli o‘yin o‘tkazgan holda Farg‘ona viloyati jamoasini taslim etib, birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, jizzaxlik basketbolchi qizlar kuchli uchlikdan o‘rin egalladi. Yigitlar o‘rtasida esa Toshkent shahri jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Namangan va Xorazm viloyati jamoalari kumush hamda bronza medaliga ega chiqdi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, musobaqaning taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarni O‘zbekiston sport va transport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat basketbol federatsiyasi rahbariyati qutladi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA