Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari majlislarida so‘zlagan nutqlarida mamlakatimiz hayotiga oid muhim masalalar aytib o‘tildi. Siyosiy partiyalar va ularning fraksiyalari oldida turgan vazifalar hamda yurtimiz ertangi kunini yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Ayni kunlarda mazkur tarixiy nutqlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish va undan kelib chiquvchi vazifalarni belgilab olish bo‘yicha qator tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Xususan, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida O‘zLiDeP partiyasi va institut hamkorligida o‘tkazilgan tadbir aynan shu masalalarga bag‘ishlandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi 7 yil ichida yoshlarga oid 100dan ziyod qonun va qonunosti hujjati qabul qilindi. Yoshlarning innovatsiya va ilm-fan sohasidagi iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va yuzaga chiqarish bo‘yicha samalari loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, yosh yigit-qizlarning parlamentdagi ishtirokini kengaytirish maqsadida 2020 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan Oliy Majlisning ikkala palatasi huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etilgan edi. Bugungi kunda har ikkala palata huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari Qonunchilik palatasiga deputat etib saylandi. Bu, o‘z navbatida, yoshlarga oid davlat siyosatining natijasi ekani alohida qayd etildi.


Tadbir davomida ta’lim dargohida tahsil olayotgan faol yoshlarning fikr-mulohazalari ham tinglandi.
Muhtarama Komilova,
O‘zA