Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident nutqidan kelib chiquvchi vazifalar belgilab olindi
13:44 / 2023-09-25

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, fraksiya va partiya tashkilotlari oldida turgan vazifalar belgilab olindi.

— Prezidentimizning AQSHga tashrifi muhim uchrashuvlarga boy bo‘ldi, — dedi fraksiya rahbari A.Qodirov. — Ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “C5+1” formatidagi birinchi sammitida mintaqamiz taqdiri bilan bog‘liq muhim qarorlar qabul qilindi va hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida nutq so‘zlab, unda o‘ta dolzarb taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Bu tashabbuslar nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyo aholisiga daxldor ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, davlatimiz rahbari o‘z nutqida, eng avvalo, hamjihatlik va mamlakatlarni jipslashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. Global va mintaqaviy dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan muhim tashabbuslar — yoshlar, xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, sayyoramiz miqyosida iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillik yo‘qolishi va atrof-muhit ifloslanishi, Orol dengizi fojiasiga qarshi kurashish, ekologik muammolarni bartaraf etish kabi ko‘plab yo‘nalishlar tilga olindi. Ilgari surilgan tashabbuslarning barchasida hamjihatlik masalasi va inson manfaatlari ustuvorligi alohida ahamiyatga ega.

Fraksiya a’zolari ushbu tarixiy nutqdan kelib chiquvchi vazifalarni belgilab oldiyu

Shuningdek, yig‘ilishda bir qator qonun loyihalari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

M.Komilova, O‘zA