Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident: namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o‘yin emas, bu – hayot tarzi
20:28 / 2025-09-16

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

– Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o‘yin emas, bu – hayot tarzi. Har bir bola mahallada to‘p tepib katta bo‘ladi. “Navbahor”ning har bir o‘yini – shahar uchun katta bayram, – dedi davlatimiz rahbari

Yaqinda “Navbahor” futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.

Prezidentimiz kelajakda bu akademiyada dunyoning “TOP” klublarida o‘ynaydigan, jahon chempionatlarida o‘z mahoratini namoyon qiladigan ko‘plab futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Yig‘ilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, tadbirkorlarning namunali tajribalari ko‘rib chiqildi.

O‘zA