Sirdaryo viloyatining Adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasi mazmunini keng targ‘ib qilish maqsadida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, xususan davlat boshqaruvini takomillashtirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, davlat xizmatlari xodimlari uchun amaliy tavsiyalar taqdim etildi va Murojaatnomada belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish yo‘llari muhokama qilindi.

Tadbirda boshqarma xodimlari bilan birga “ZOOM” ilovasi orqali tuman va shahar adliya bo‘limlari, Davlat xizmatlari markazlari, FHDYO va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari faol ishtirok etishdi. Ular uchun qonunchilik sohasidagi yangiliklar, amaliyotda qo‘llanish tavsiyalari va Murojaatnomaning ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Komiljon Xoliqov so‘zga chiqib, Murojaatnomadagi davlat boshqaruvini takomillashtirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish masalalariga alohida to‘xtaldi.

Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyat bo‘limi rahbari Murodjon Hayitov Murojaatnomadagi ustuvor yo‘nalishlarning mazmun-mohiyati va joylarda amalga oshirilish yo‘llari borasida atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbir ishtirokchilari Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning aholi turmushi va ijtimoiy farovonlik va davlat xizmatlari samaradorligiga bo‘lgan ta’sirini alohida ta’kidlab, uni keng targ‘ib qilishning ahamiyatini qayd etishdi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri