Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident murojaati va tadbirkor ayollar oldidagi yangi vazifalar
15:00 / 2025-12-31

2025 yil 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaati mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini belgilab berdi. Unda iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy adolat va inson manfaatlari ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Mazkur murojaat tadbirkor ayollar uchun ham aniq vazifalarni belgilab berdi. Chunki xotin-qizlar tadbirkorligi iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikning muhim omiliga aylanib bormoqda. So‘nggi yillarda ayollar uchun biznes boshlash shartlari yengillashdi, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kengaydi. Prezident murojaati bu siyosat izchil davom etishini tasdiqladi.

Tadbirkor ayol - faqat biznes egasi emas. U ish o‘rinlari yaratadi, oila daromadini ta’minlaydi, mahalla hayotida faol ishtirok etadi. Ijtimoiy barqarorlik aynan shu ayollar mehnati bilan mustahkamlanmoqda.

“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi davlat siyosatida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Assotsiatsiya doirasida o‘tkazilayotgan o‘quv dasturlari, treninglar va mentorlik loyihalari minglab ayollarni tadbirkorlikka jalb etdi. Ayniqsa, hududlarda ayollar tomonidan oilaviy biznes, xizmat ko‘rsatish va qayta ishlash sohalarida yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Bu hududiy rivojlanish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz murojaatlarida yoshlarga bo‘lgan ishonch ham alohida ta’kidlandi. Yosh ayollar raqamli texnologiyalar, zamonaviy xizmatlar va innovatsion yechimlar bilan iqtisodiyotga kirib kelmoqda. Bu yilgi murojaat mamlakat taraqqiyotining aniq yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xotin-qizlar tadbirkorligi esa ushbu yo‘nalishlarni amalga oshirishda muhim kuch bo‘lib qolaveradi.

Gulnora Mahmudova,
“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon
ayollar assotsiatsiyasi raisi