Prezident: Meni xursand qilayotgani og‘ir, qiyin bo‘lsa-da o‘zgarish bo‘lyapti
Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
–bugungi muloqotimiz eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida o‘tayotganida ham katta ma’no bor. Meni xursand qilayotgani og‘ir, qiyin bo‘lsa-da o‘zgarish bo‘lyapti. Viloyatlarga tashrif buyursam tadbirkorlar bilan muloqot qilaman. Ularning muammolarini eshitaman. Xorijiy tashriflarimda ham tadbirkorlar bilan muloqot qilaman, ulardagi sharoitlar bilan tanishaman, – dedi davlat rahbari.
O‘zA