Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident: men shifokor egnidagi oq libosni nafaqat kasb belgisi, balki Vatanga cheksiz sadoqat ramzi deb bilaman
16:11 / 2025-11-10

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvida soha vakillari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari ularning takliflari, fikr-mulohazalarini tingladi.

– Men shifokor egnidagi oq libosni nafaqat kasb belgisi, balki Vatanga cheksiz sadoqat ramzi deb bilaman.

Bundan buyon ham shifokorning, har bir tibbiyot xodimining obro‘sini himoya qilish, unga har tomonlama munosib sharoit yaratish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.  

Ishonchim komil, biz birgalikda Yangi O‘zbekistonni boshqa sohalar qatorida tibbiyoti ham rivojlangan davlatga aylantiramiz.  

Barchangizga shu yo‘lda sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, g‘oyat mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan yutuqlar, oilaviy baxt-saodat tilayman, – dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.

O‘zA