Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident matbuot kotibi navbatdagi brifingni o‘tkazmoqda
12:04 / 2021-04-19

Milliy matbuot markazida bugun, 19 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatining navbatdagi brifingi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘tgan hafta davlatimiz rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tgan hamda joriy haftada kutilayotgan muhim tadbirlar haqida mahalliy va xorijiy jurnalistlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.

O‘tgan hafta ham davlatimiz rahbarining ish jadvali juda tig‘iz va muhim tadbirlarga boy bo‘ldi. Prezidentimiz 12 aprel, dushanba kuni Toshkent shahri bo‘yicha investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Unda ikkita masala – loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish va eksportni ko‘paytirishga e’tibor qaratildi.

Mazkur taqdimot tafsilotlari haqida avval xabar bergan edik.

Brifingda Toshkent shahrida joriy yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari tarmoqlar kesimida aytib o‘tildi.

Jumladan, bu yil poytaxtda elektrotexnika sanoatida 345 ta, qurilish materiallari sanoatida 64 ta, metallurgiya sanoatida 11 ta, to‘qimachilik sanoatida 51 ta, oziq-ovqat sanoatida 69 ta, mashinasozlikda 9 ta, farmatsevtikada 13 ta, boshqa tarmoqlarda 106 ta loyihani amalga oshirish mo‘ljallangani qayd etildi.

Umuman, o‘tgan yillarga qiyoslansa, Toshkent shahrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yuqori sur’atda rivojlanmoqda. Masalan, 2017 yilda sanoat ishlab chiqarish hajmi 28 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda 77,5 trillion so‘mga yetdi va o‘sishda davom etmoqda. Yalpi hududiy mahsulotda sanoatning ulushi 2017 yilda 28,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda 38 foizdan oshgan.

– O‘tgan yil poytaxtimizdagi korxonalar tomonidan 809 million dollarlik mahsulotlar chetga sotilgan. Bu yil yakuni bilan 889 million dollardan ziyod mahsulotlar eksport qilinishi kutilyapti, – deb ta’kidladi Sherzod Asadov.

Prezident matbuot kotibi ushbu taqdimotda ko‘rsatilgan “Yangi Andijon” turar joy massivi haqida ham qisqacha ma’lumot berdi.

Ma’lumki, Andijon hududi kichik, aholi zichligi esa eng yuqori viloyat. Uning aholisi yiliga 2 foizdan ziyod o‘sib bormoqda. Shu bois Andijon shahrining hozirgi hududiga tegmagan holda, unga yaqin yerda yangi turar joy mavzesi qurish rejalashtirilgan.

Bu massiv uchun Andijon shahrining sharqiy tomonidan 4 ming gektar yer tanlab olingan. Uning bosh rejasi Turkiyaning Kentsel Yenileme Merkezi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. U yerda 411 ming nafar aholi uy bilan ta’minlanadi. Boshqacha aytganda, bu yangi shahar bo‘ladi.

Brifing davom etmoqda.

Matnazar Elmurodov, O‘zA