Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident maktablarida taʼlim jarayoni ingliz tilida amalga oshiriladi
10:35 / 2019-02-21

Prezident maktablarida taʼlim jarayoni xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha ingliz tilida amalga oshiriladi.


Prezident maktablarida taʼlim jarayoni xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha ingliz tilida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevralda qabul qilingan “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ushbu maqsadlar nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq, 

• Prezident maktablarida taʼlim jarayoni xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha ingliz tilida amalga oshiriladi;

• Prezident maktablarida “STEAM – taʼlim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – sanʼat, Mathematics – matematika) dasturi joriy etiladi;

• Prezident maktabining 9-11-sinflarida oʻqitish oʻquvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda, ayrim fanlar va ularni oʻrganish darajasini tanlab olish orqali oʻquv jarayonini individuallashtirishni koʻzda tutadi;

• asosiy oʻquv dasturi bilan birgalikda Prezident maktablarida oʻquvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish nazarda tutiladi.