Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan bugun Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan tadbirga Yozuvchilar uyushmasining taniqli ijodkorlari taklif etildi.
Ma’lumki, 2021/2022 o‘quv yili uchun Prezident maktablariga kirish imtihonlarining saralash bosqichi joriy yilning 26-28 iyulida, ikkinchi bosqich imtihonlari esa 21-22 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Prezident maktablarida tahsil olish uchun bu yil jami 103 mingdan ziyod talabgor ariza topshirgan bo‘lib, shundan 1632 nafari o‘qishga qabul qilindi.
Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga joriy yangi o‘quv yili o‘quv yili uchun 5 va 6 sinflarga qabul bo‘lib o‘tdi. Ushbu maktablarga har bir sinf kesimida 24 nafardan – jami 192 nafar yosh o‘qishga qabul qilindi. Yangi ochilgan 10 ta Prezident maktabiga esa 2021/2022 o‘quv yilida 5-10 sinflar kesimida 144 nafardan – jami 1440 nafar o‘quvchi qabul qilingan.
Maktabga yangi qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun mazkur 4 ta Prezident maktabida 27 sentyabr kuni tanishtiruv-maslahat kuni tashkil etilib, farzandlari erishgan muvafaqqiyat uchun ota-onalarga tashakkurnomalar topshirildi.
[gallery-4071]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA