French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident maktablari: kelajak liderlari qanday tarbiyalanmoqda? (+video)
21:29 / 2025-12-24

So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini tubdan yangilash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar orasida Prezident maktablari alohida o‘rin tutadi. Ushbu ta’lim dargohlariiqtidorli o‘quvchilarni saralab olish, xalqaro standartlar asosida bilim berish va yoshlarni global raqobatga tayyorlashni maqsad qilgan.

Ayniqsa, STEM fanlari, tanqidiy fikrlash, innovatsion yondashuv va liderlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv dasturlari ushbu ziyo maskanlarining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

E’tiborlisi, hududlarda faoliyat yuritayotgan Prezident maktablarining ish tajribasi bugun jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Xususan, Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi ham zamonaviy ta’lim muhiti, malakali pedagoglar jamoasi va iqtidorli o‘quvchilari bilan ajralib turadi.

Ta’lim tizimidagi jarayonlarni kengroq mushohada etish maqsadida O‘zA muhbiri Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi direktori Obidxon Mo‘minov bilan suhbatlashdi. Muloqot davomida mazkur ta’lim muassasalarining o‘ziga xos jihatlari, o‘quvchilarni saralash mezonlari va kelajak avlodni tarbiyalashdagi ustuvor vazifalar haqida atroflicha fikr bildirildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Zl6rkPgbxfI" title="Prezident maktablari: kelajak liderlari qandaytarbiyalanmoqda? " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, Oybek Davronov (video), O‘zA