Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident maktabiga kirish uchun dastlabki test sinovlari o‘tkazilmoqda
10:57 / 2023-07-15

Samarqand shahridagi Prezident maktabiga 2023/2024 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining birinchi bosqich test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Test sinovlari Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti va akademik litseyi sport zallarida o‘tkazilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 5786 nafar o‘quvchi Prezident maktabiga o‘qish kirish istagini bildirgan. Shundan 5370 ga yaqin o‘quvchi hujjati qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlangan. Tartibga ko‘ra, talabgorlar dastlabki test sinovlarida matematika fanidan mantiqiy test savollari bo‘yicha imtihondan o‘tkazilmoqda. Dastlabki bosqich test sinovlaridan 480 nafar eng bilimli o‘quvchilar saralanib, ikkinchi bosqich sinovlarda qatnashadi.

[gallery-12788]

— Test sinovlariga puxta hozirlik ko‘rildi, - deydi Samarqand shahridagi Prezident maktabi direktori Laziz Rahmatov. - Test jarayonlarini shaffof va haqqoniy o‘tkazish maqsadida tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda barcha zaruriy choralar amalga oshirildi. Test jarayonlari yakunida barcha javob varaqalari shu yerning o‘zida maxsus muhrlanib, Buyuk Britaniyaga jo‘natiladi. Cambridge Assessment tashkilotida javoblar maxsus uskunalarda tekshirilgan holda natijalar e’lon qilinadi.

Prezident maktabi birinchi bosqich test sinovlari natijalari 31 iyulga qadar e’lon qilinadi va 31 iyul kuni ikkinchi bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tadi va yakunda 24 nafar o‘quvchi Prezident maktabi o‘quvchilari safiga qabul qilinadi.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA