Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident maktabiga kirish imtihonlarining 2-bosqichi boshlandi
11:38 / 2021-08-21

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Andijonda ham Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi doirasida test sinovlari o‘tkazilmoqda.

 Imtixonlarda birinchi bosqich sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan 2 ming 880 nafar o‘quvchi ishtirok etadi. Bir o‘rin uchun 20 nafar talabgor o‘z bilimini sinovdan o‘tkazadi.  

 Kembrej universitetining “Cambridge Assissment Admissions Testing Centre” markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilayotgan test sinovi Andijon shahridagi Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida bo‘lib o‘tmoqda.  

 Imtihon topshiruvchilar FaceID tizimidan o‘tkazilib, sinovda belgilangan tartiblar asosida qatnashmoqda. Test sinoviga kirishdan oldin o‘quvchilar dezinfeksiya yo‘lagidan o‘tkazilmoqda. Umuman, test jarayonida tibbiy va boshqa xavfsizlik choralari ko‘rilib, karantin qoidalariga amal qilinmoqda.  

 O‘quvchilar imtihonlarga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, imtihonga qatnashish ruhsatnomasi bilan kiritilmoqda. Test sinovlari joriy yilning 21-22 avgust kunlari 2 smenada (1-smena ertalab 7.00 da, 2 smena kech 19.00 da) bo‘lib o‘tadi.  

 Joriy yilda yangi barpo etilayotgan Andijondagi Prezident maktabining 5-10 sinflar uchun 144 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.  

 Test jarayonining adolatli va shaffof o‘tishini ta’milash uchun test o‘tkazilayotgan hududlarga to‘la kamera kuzatuvi o‘rnatilgan. Ota-onalar – test2021.uz sayti orqali imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin.  

 O‘quvchilar tomonidan topshiriladigan test varaqalari Angliyaga yuboriladi. Natijalar “Cambridge Assissment Admissions Testing Centre” markazi mutaxassislari tomonidan tekshirilib, e’lon qilinadi.  

 F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (surat),  

O‘zA