Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident maktabida vatanparvarlik tadbiri
17:44 / 2026-01-14

FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi Prezident maktabida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda o‘quvchilar, ota-onalar hamda faxriy mehmonlar ishtirokida sport bellashuvlari va milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi osh festivali bo‘lib o‘tdi.

Sport musobaqalarida o‘quvchilar futbol, shaxmat-shashka hamda arqon tortish yo‘nalishida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Bellashuvlar yakka tartibda ham, jamoa shaklida ham o‘tkazilib, raqobat va do‘stona muhitni yanada mustahkamladi.  

Tadbirning navbatdagi qismi o‘quvchilar va ularning ota-onalari hamkorligida o‘tkazilgan osh tayyorlash jarayoni bilan davom etdi. “Blue” va “Green” jamoalariga bo‘lingan ishtirokchilar milliy taomimiz bo‘lgan palovni tayyorlashda o‘z ustaligini namoyish etdi.

[gallery-27122]

Shuningdek, Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism orkestri va faxriy qorovul vzvodining tantanali chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ularning sahnadagi namoyishlari tadbirga vatanparvarlik ruhi va alohida tantanavorlik baxsh etdi.  

Tadbir yakunida faol qatnashchilar maktab rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA