Prezident maktabida o‘qishga talabgorlar test topshirdi
Samarqand shahridagi Prezident maktabiga 2025/2026 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining birinchi bosqich test sinovlari o‘tkazilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil Prezident maktabiga kirish istagida bo‘lgan talabgorlardan kelib tushgan arizalarning 5051 tasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlangan. Tartibga ko‘ra, talabgorlar dastlabki test sinovlarida matematika fanidan test savollari bo‘yicha imtihondan o‘tkazilmoqda. Dastlabki bosqich test sinovlaridan 480 nafar eng bilimli o‘quvchi saralanib, ikkinchi bosqich sinovlarida qatnashadi.
— Test sinovlariga puxta hozirlik ko‘rildi, - deydi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha Samarqand viloyatiga mas’ul xodimi Javlon Muyassarov - Test jarayonlarini shaffof va haqqoniy o‘tkazish maqsadida tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda barcha zaruriy choralar ko‘rildi. Test jarayonlari yakunida barcha javob varaqalari shu yerning o‘zida muhrlanib, maxsus komissiyaga topshiriladi.
[gallery-24168]
Prezident maktabi birinchi bosqich test sinovlari natijalari 25 iyulga qadar e’lon qilinadi va ikkinchi bosqich sinovlari shu kuni o‘tkaziladi hamda yakunda 24 nafar o‘quvchi Prezident maktabi o‘quvchilari safiga qabul qilinadi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari