Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident maktabida o‘qish istagidagilarga qanday talablar qo‘yiladi? (+video)
13:01 / 2023-06-11

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali “Prezident maktabida o‘qish istagidagilarga qanday talablar qo‘yiladi?” mavzusida ovozli chat bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Shokirova ekspert sifatida ishtirok etib, kuzatuvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. 

– Prezident maktabiga kirish imtihonlariga tayyorlanish uchun maxsus qo‘llanmalar chop etilganmi? 

– Prezident maktablariga kiruvchi o‘quvchilar uchun imtihon savollari boshlang‘ich sinflardagi to‘rt yillik maktab dasturi asosida tuziladi.

Savollar matni Kembrijdagi hamkorlarimiz bilan birgalikda tayyorlanadi. Ota-onalarga shuni alohida eslatib o‘tmoqchimanki, Prezident maktablariga kirish imtihonlariga tayyorlanish uchun axborotnoma shaklidagi qo‘llanmalar mavjud emas. 

O‘quvchilarni imtihonlarga tayyorlash uchun yil davomida saytlarimiz orqali ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan matematika ustozlari tomonidan videoroliklar qo‘yib boriladi. 

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridagi 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi, 3 ta tayanch maktabi va 168 ta ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus saytlari bor. O‘sha saytlar orqali mantiqiy fikrlovchi savollar haqida tushunchalar berib boriladi. 
Undan tashqari, xohlovchilar saytlarga ulanib, dars jarayonlari hamda o‘quvchilar yashash sharoitlari bilan tanishsa bo‘ladi. 

– Imtihonlar necha bosqichda bo‘lib o‘tadi? 

–Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi matematika fanidan bo‘lib o‘tadi. Unda jami 30 ta test shaklidagi savollar beriladi. Bunda masalalar murakkabligi darajasi 3 toifaga bo‘linadi. 10 ta yengil, 10 ta o‘rtacha , 10 ta murakkab darajadagi savollar bo‘ladi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/U_o1lNUWPDY" title="Prezident maktabida o‘qish istagidagilarga qanday talablar qo‘yiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar ikkinchi bosqichga o‘tib, imtihon topshirishadi. Sinovda ingliz tilidan grammatika hamda o‘qish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan savollar tushadi. Matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammolarni yechish bo‘yicha 40 ta, ingliz tili fanidan grammatika hamda o‘qish komponentlaridan 40 ta savol mavjud. 

N.RAHMONOVA,
Yo.MELIBOEV (video), O‘zA