Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident maktabi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi
11:34 / 2019-10-29

Bugun, 29 oktabr kuni Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy ko‘chasida Prezident maktabi qurilishi boshlandi.


Bugun, 29 oktabr kuni Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy ko‘chasida Prezident maktabi qurilishi boshlandi. 

Mamlakatimizda iqtidorli bolalarni aniqlash, ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda ularni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha yaxlit tizim yaratish, iste’dodli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida Prezident maktablari tashkil etilmoqda. Qurilishi boshlanayotgan mazkur ta’lim maskani ham ana shu ezgu sa’y-harakatlarning samarasidir.
photo5314743079720299508.jpg

Maktabning umumiy maydoni 2 gektarni tashkil etib, bu yerda o‘qish va sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Ikkita o‘quv korpusi, basseyn va gimnastika zali, yotoqxona va mehmonxona, futbol maydoni, voleybol-basketbol maydonchasi, plas, rekreatsion zona, gulzor va o‘quv-tajriba uchastkasi, parking bunyod etiladi. Shuningdek, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan, dam olish maskanlari, gulzor, yopiq avtoturargoh tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Qurilish ishlari “Aayz binokor Oltiariq“ mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Prezident maktabi 2020 yilning may oyida foydalanishga topshirilib yangi o‘quv yilidan o‘quvchilarni qabul qiladi.

Tamal toshi qo‘yish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniev ishtirok etdi.