Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Bu gal harbiy qismga Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari taklif qilindi.
Kutubxona, yurt o‘g‘lonlarining bilim-ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim hisoblangan o‘quv va trenajyor xonalari, yotoqxona, oshxona... O‘quvchi-yoshlar harbiy qismda mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘ldilar.
[gallery-14121]
Harbiy qism bo‘ylab ekskursiya davomida sport musobaqalari ham o‘tkazildi. Prezident maktabi o‘quvchilariga harbiy liboslar tarqatildi. Shundan so‘ng harbiy libos kiygan o‘quvchilar dala poligonida jangovar qurollardan o‘q otish mashqlarini bajarishdi. Ekskursiya so‘ngida “Vatanparvarlik soati” o‘tkazildi.
Yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish, elu yurt osoyishtaligi yo‘lida kamarbastalik hissini shakllantirish maqsadlari ko‘zlangan bunday tadbirlar harbiy qismda muntazam o‘tkazib kelinadi.
O‘zA fotomuxbiri
Jonibek Qo‘zimurodov olgan suratlar