English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident kelgusi yil uchun agrar soha oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi
12:47 / 2025-12-10

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda.

– Yaqinda Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda fermerlar va dehqonlar bilan uchrashib, bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishib, juda mamnun bo‘ldim. Ulardagi shijoatni ko‘rib, keyingi yil paxtada 4,5 million, g‘allada 10 million tonnalik xirmonni bemalol uddalash mumkinligiga yana bir bor ishonch hosil qildim, – dedi davlatimiz rahbari.

Yangi agrotexnologiya yordamida 76-sxema bo‘yicha paxta yetishtirishni kelgusi yilda ommalashtirib, 891 ming gektarda to‘liq shu sxema bo‘yicha paxta yetishtiriladi. Ko‘sak qurti, gerbitsid, sho‘r va suvsizlikka chidamli xorijiy navlar ekiladigan maydonlar 2 karra ko‘paytirilib, 500 ming gektarga olib chiqiladi.

«Shinjon tajribasi» asosida 300 ming gektarga chigit ekiladi. Buning uchun dalalarda tomchilab sug‘orish texnologiyasini joriy etishga 2 trillion 600 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratiladi. O‘z mablag‘idan paxta yetishtirgan fermerlarga hosilning 10 foizigacha qismini subsidiyalashga 250 milliard so‘m beriladi.

Bunda paxta yetishtirish uchun kredit limitini yarmidan foydalangan fermerlarga ham hosilning 5 foizigacha subsidiya ajratiladi.

O‘zA