Prezident Jo Bayden AQSH mudofaa byudjetini oshirish tashabbusini bildirdi
Prezident Jo Bayden 2022 yilda AQSH mudofaa byudjetini 773 milliard dollargacha oshirmoqchi.
“Bu o‘tgan yilga nisbatan tegishli xarajatlar 9,8 foizga oshishini anglatadi, lekin inflyatsiya natijasida bu farq sezilmasligi aytilmoqda”, deyiladi “Deutsche Welle” xabarida.
Boshqa moddalarga ko‘ra, mamlakat milliy xavfsizligiga xarajatlar 800 milliard dollardan oshadi. Bayden Kongressni AQSH tarixidagi xavfsizlik bo‘yicha eng katta investitsiyani ma’qullashga chaqirdi.
Prezident bayonotida qayd etishicha, AQSH armiyasi eng jangovar va tengsiz bo‘lib qolishi lozim. Mudofaa byudjetida, shuningdek, NATOni va Yevropadagi kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 6,9 milliard dollar ajratish ko‘zda tutilgan. AQSH armiyasi shaxsiy tarkibi o‘sha holicha – 1,3 million askardan iborat bo‘lib qolishi aytilgan.
O‘zA