Prezident Islom Karimov Prezident Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24-iyun kuni Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24-iyun kuni Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston mintaqada tinchlik, barqarorlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelmoqda. O‘z tashqi siyosat konsepsiyasiga muvofiq barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirmoqda. O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li bunga yaqqol misoldir. Ushbu zamonaviy transport yo‘lagi mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning yanada kengayishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Almazbek Atamboyev samimiy uchrashuv uchun davlatimiz rahbari Islom Karimovga minnatdorlik bildirib, ShHT sammiti o‘rnak oladigan darajada yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladi. Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini qayd etdi.