Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqiladi
11:15 / 2025-05-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.

Undan asosiy maqsad: 

a) iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish; 

b) yoshlar bilan manzilli ishlash orqali global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash hamda mamlakat taraqqiyoti uchun yangi innovatsion imkoniyatlar yaratish; 

v) iqtidorli yoshlarni yagona platformaga birlashtirish orqali ularning o‘zaro hamkorligi, tajriba almashinuvi va intellektual salohiyatini ruyobga chiqarish uchun samarali muhit yaratishdan iborat

Farmonga muvofiq, "Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqiladi, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatni tashkil etiladi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Hamjamiyat "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari, Maktab, Prezident maktablari va "Yangi O‘zbekiston" universiteti bitiruvchilari, Milliy dastur ishtirokchilari, shuningdek, dunyoning nufuzli oliy ta’lim va boshqa tashkilotlarida bilim va tajriba orttirgan iqtidorli vatandoshlarni birlashtiruvchi platforma sifatida faoliyat yuritadi. 

Farmon bilan: 

a) "Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy kengash tarkibi va uning asosiy vazifalari; 

b) "Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari; 

v) "Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"; 

g) Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatning akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqilligi doirasida unga beriladigan huquqlar ro‘yxati; 

d) Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatni moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.

O‘zA