Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident investitsiyalar sohasida ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi
18:06 / 2023-07-11

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Davlatimiz rahbari investitsiyalar sohasida ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.  

Hukumat komissiyasi hududlarda bo‘lib, iqtisodiyotga katta turtki beradigan 97 ta yirik sanoat loyihasini shakllantirdi. Bu loyihalar yer va kredit masalalarini hal qilish orqali 6,7 milliard dollarni o‘zlashtirib, 27 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Shu bois ushbu sanoat korxonalarini tezroq ishga tushirish uchun Hukumat komissiyasining vakolatlari  kengaytiriladi.

– Takror  aytaman. Agar bu ishlarni hozirdan to‘g‘ri tashkil qilsak, iqtisodiyotimizda keskin o‘sish bo‘ladi, ish o‘rinlari va aholi daromadlari ko‘payadi, – dedi davlatimiz rahbari.

Ayni paytda vazirlar, hokimlar, tarmoq va bank rahbarlari  elchilar hamda Hukumat komissiyasi oldida turgan vazifalar belgilab berilmoqda, mutasaddilarning axboroti tinglanmoqda.

O‘zA