Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul davom etmoqda
14:43 / 2022-06-16

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat hududiy bo‘limi tomonidan Jizzax shahridagi Prezident maktabida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjuman oldidan o‘tkazilgan press-turda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, ta’lim sifati, erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi.

Jizzax viloyatida 2022/2023 o‘quv yilida tumanlarda 12 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va ixtisoslashtirilgan maktablar ish boshlashi rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda ushbu maktablarga pedagog kadrlarni saralash imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. 2 ming nafarga yaqin pedagoglar ishtirok etayotgan saralash imtihonlari joriy yilning 18 iyun sanasiga qadar davom etadi.

Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilar qabuli joriy yil 20 iyuniga qadar onlayn “ariza.piima.uz” orqali qabul qilinmoqda.

– Bugunga qadar tizim orqali 11 ming 570 ta ariza kelib tushdi, – deydi Prezident ta’lim muassasalari agentligining Jizzax viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i Shohida Damanova. – Ana shulardan 1 ming 752 tasi Jizzax shahridagi Prezident maktabiga, 9 ming 570 tasi ixtisoslashtirilgan maktablarga, 248 tasi ijod maktablariga to‘g‘ri keladi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul shtabida operatorlar va “Call-markaz” faoliyat yuritayotgan bo‘lib, “1206” qisqa raqamlari orqali aholidan kelib tushayotgan murojaatlarga javob berilmoqda va hujjatlar onlayn qabul qilib olinmoqda.

[gallery-7594]

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA