Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident huzurida yo‘l xo‘jaligi sohasini isloh qilish bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish boshlandi
17:57 / 2023-09-12

Qayd etilganidek, so‘nggi olti yilda yo‘llarni qurish va ta’mirlashga ajratilayotgan mablag‘lar 3 karra oshdi. O‘tgan davrda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi korxonalarga 2 mingdan ziyod yangi maxsus texnikalar xarid qilindi. Buning hisobiga 65 ming kilometr yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. 

O‘tgan yildan “Mening yo‘lim” loyihasi ishga tushdi va ilk bor aholi takliflari asosida ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash tizimi joriy qilindi.

Shu yilning o‘zida 470 ta mahallada ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash ishlariga 410 milliard so‘m yo‘naltirildi. 3 mingga yaqin mahalla yo‘llariga ilk bor asfalt yotqizildi, yana 2 mingta mahalladagi tuproq yo‘llar shag‘al qoplamaga o‘tkazildi.

Yo‘llar yaxshilanishi hisobiga mahallalarda minglab yangi tadbirkorlar ish boshladi, ko‘plab korxonalar ishga tushdi, o‘n minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi.

O‘zA