Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident: Har birimiz o‘z kuchimizga ishonib, mas’uliyatni to‘g‘ri anglab, tashabbus ko‘rsatib, yanada qattiq mehnat qilishimiz kerak
18:41 / 2025-12-02

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

– Bugun sizlar bilan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha oldimizda turgan yangi vazifalarni belgilab, asosiy masalalarni muhokama qilib oldik.  

Bu sa’y-harakatlar va qabul qilayotgan qarorlarimizdan maqsad bitta – shu yerda yashab, mehnat qilayotgan odamlarni rozi qilish, viloyatni har tomonlama rivojlangan hududga aylantirish.  

Albatta, buni ro‘yobga chiqarish uchun har birimiz o‘z kuchimizga ishonib, mas’uliyatni to‘g‘ri anglab, tashabbus ko‘rsatib, yanada qattiq mehnat qilishimiz kerak, – dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish yakunida.  

Sessiya davomida viloyat va tuman hokimlarining hisobotlari, faollarning fikrlari tinglandi.

O‘zA