Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident farmoniga zid tekshiruv o‘tkazgan xodimlar jarima to‘ladi
15:39 / 2019-11-19

Natijada boshqarmaning bu xodimlari – Sh.T. va K.U.ga 2027300 million so‘mdan, T.I., M.U. va Sh.K.ga 810920 so‘mdan jarima qo‘llanildi.


Biznes-ombudsman Samarqand viloyat yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rgandi.

Tekshirish jarayonida aniqlanishicha, boshqarmaning 5 nafar xodimi tomonidan Prezidentimizning 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga zid ravishda fermer xo‘jaliklari faoliyatida noqonuniy tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Biznes-ombudsman devoni tomonidan Samarqand viloyat yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boshqarmasining ushbu 5 nafar xodimiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2412-moddasida nazarda tutilgan qoidabuzarlik bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

Natijada boshqarmaning bu xodimlari – Sh.T. va K.U.ga 2027300 million so‘mdan, T.I., M.U. va Sh.K.ga 810920 so‘mdan jarima qo‘llanildi. 

Biznes-ombudsman matbuot xizmati.