Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident farmoni amalda: Iste’molchilar ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi
12:03 / 2023-02-12

Surxondaryo viloyatida iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun qayta tiklanuvchi elektr manbalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun yilning kamida 320 kuni quyosh nurlari charoqlab turadigan viloyatda quyosh panellaridan samarali foydalanish mo‘ljallanmoqda.

Prezidentimizning 2022 yil 9 sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilayotir. Shunga muvofiq janubdagi vohada joriy yilning o‘zida 13 mingdan ortiq ijtimoiy-iqtisodiy soha inshooti shu jumladan, 3 ming 866 ta aholi xonadoniga quvvati 60,2 mVt bo‘lgan qiymati 300,6 milliard co‘mlik quyosh panellari o‘rnatilib, yiliga 252 milion kVt-soat elektr energiyasini iqtisod qilish rejalashtirilmoqda. 

Mutaxassislarning fikricha, viloyatda zamonaviy sanoat korxonalari ishga tushirilib, yangi-yangi ijtimoiy soha obektlari barpo etilayotgani va ko‘plab yangi uy-joylar qurilayotgani elektr energiyasiga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Bunday yangilanishlar mavjud elektr energiyasini tejash hamda muqobil elektr manbalaridan oqilona foydalanishni taqoza etayotir.

Viloyatda bu masalaning yechimini topish uchun yil yakunigacha Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi Sherobod tumanida Markaziy Osiyodagi eng yirik fotoelektr stansiyasini foydalanishga topshiradi. Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy va texnik ko‘magida amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi yangi loyihaga “Masdar” kompaniyasi 260 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etib, quvvati 457 MVt bo‘lgan yirik fotoelektr stansiyasini bunyod etmoqda. U yiliga 1 milliard kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 340 million kub-metr tabiiy gazni tejash quvvatiga ega bo‘ladi. 300 ming xonadonni ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. 

Joriy yilda shuningdek, viloyatning Jarqo‘rg‘on tumanida ham yillik quvvati 600 mVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurilishiga start berish rejalashtirilmoqda. 

Ayni paytda viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy soha obektlariga dastlabki quyosh panellari o‘rnatilmoqda. 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, 

O‘zA muxbiri