Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident: "Deputatlarga berilgan katta vakolat va imkoniyatlardan samarali foydalanish lozim"
11:29 / 2022-12-20

Parlamentga Murojaatnoma davom etmoqda.

—So‘nggi yillarda ko‘p vakolatlarni Oliy Majlisga o‘tkazdik, ularni yanada kengaytirishni o‘ylayapmiz. 
 
Yangi vazir tayinlashda ham deputatlar ishtirok etayapti, rejalari bilan tanishib, ma’qullayapti. Lekin, afsuski, keyinchalik faqat tanqid bilan cheklanyapti. 
 
Ma’lumki, sohalar bo‘yicha ikkala palatada ham qo‘mitalar, komissiyalar bor. Aslida, ular, vazirlarga qaysi yo‘nalishda yoki hududda ish yaxshi ketmayotganini ko‘rsatishi, kamchiliklar bo‘yicha joyiga chiqib, xalq fikrini o‘rganib, masalaga birgalikda yechim topishlari lozim. 
 
Shu bois, vazir faoliyatini samarali tashkil etishda parlamentdagi qo‘mita, komissiya va deputatlarning ham mas’uliyatini belgilash, to‘g‘ri bo‘ladi, deb hisoblayman. 
 
Albatta, tanqid ham kerak. Ammo, hozirgi deputatlarga berilgan katta vakolat va imkoniyatlardan samarali foydalanish lozim. 
 
Men ham uzoq yillar deputat bo‘lib ishlaganman, o‘sha davrda bironta vazir Parlamentda hisobot berganini ko‘rmaganmiz. Hozir esa vaziyat mutlaqo boshqacha-ku! 
 
Shuning uchun, eng muhim masala – yurt taqdiriga daxldor bo‘lib, xalqimizni rozi qilish uchun hammamiz birgalikda ishlashimiz kerak. 
 
Umuman, Parlamentimiz ish uslubini yaxshilash va faoliyat samaradorligini oshirish ham, Konstitutsiyamizda o‘z aksini topishi zarur, — Shavkat Mirziyoyev. 

O‘zA