English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident: bugungi kundagi eng dolzarb masala, bu – yashirin iqtisodiyot
11:48 / 2024-01-16

Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

–Bugungi kundagi eng dolzarb masala, bu – yashirin iqtisodiyot,– dedi Prezident.

Tahlillar xizmatlar, qurilish, sanoat sohalarida o‘nlab trillion so‘mlik mahsulot “soya”da qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Bu orqali yalpi ichki mahsulotga 135 trillion so‘m, byudjetga 30 trillion so‘m tushum yo‘qotilmoqda.

Masalan, qurilish korxonalarining 41 foizi hisobotida faqat 1 nafar ishchisini ko‘rsatgan. Vaholanki, bu korxonalar o‘tgan yilning o‘zida 4 trillion so‘mlik qurilish ishlarini bajargan.

Yoki kamida 25 gektardan yeri bor 5 mingta meva-sabzavotchilik fermer xo‘jaligida 1 tadan rasmiy ishchi ro‘yxatdan o‘tgan.

–Bir narsani aniq tushunish zarur. Yashirin iqtisodiyot, avvalambor, to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlar faoliyatiga katta to‘siq bo‘layapti. Bugungi kunda intizomli tadbirkorlar “qani adolatli raqobat” degan haqli e’tirozlarini ko‘p-ko‘p aytayapti, – dedi davlat rahbari.

 

O‘zA